-
O‘zbekiston va Serbiya: o‘zaro yaqinlashuv dinamikasi va hamkorlikning yangi ufqlari
2025-11-01 458O‘zbekiston va Serbiya: o‘zaro yaqinlashuv dinamikasi va hamkorlikning yangi ufqlari
Siyosiy asos va diplomatik kontekst
O‘zbekiston Respublikasi va Serbiya Respublikasi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1995-yil 18-yanvarda o‘rnatilgan bo‘lib, Belgrad O‘zbekiston mustaqilligini 1991-yil oxiridayoq tan olgan edi. Bu fakt ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqotning bosqichma-bosqich rivojlanishiga zamin yaratdi. Geografik uzoqlikka qaramay, bu aloqalar o‘zaro hurmat, suverenitetni qo‘llab-quvvatlash va ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga asoslangan.
-
O‘zbekiston va Finlyandiya: texnologiyalar va ishonch asosidagi iqtisodiy hamkorlik
2025-10-31 528O‘zbekiston va Finlyandiya: texnologiyalar va ishonch asosidagi iqtisodiy hamkorlik
Tarixiy asoslar
O‘zbekiston - Finlyandiya munosabatlarining tarixi 1990-yillarning boshlariga borib taqaladi. Finlyandiya 1991-yil 30-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan. Oradan ikki oy o‘tib, 1992-yil 26-fevralda ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Shu tariqa o‘zaro hurmat, ishonch va texnologik taraqqiyotga intilishga asoslangan hamkorlikning yangi sahifasi ochilgan.
1992-yilda o‘tkazilgan yuqori darajadagi ilk tashriflar siyosiy muloqotning poydevorini yaratdi. O‘sha safarda YXHTning Xelsinki Yakunlovchi hujjati va Parij Xartiyasiga qo‘shilish marosimida ishtirok etilgan. O‘sha yilning oktabr oyida Finlyandiya Prezidenti Mauno Koivisto Toshkentga rasmiy tashrif bilan kelgan. Shundan buyon ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik siyosiy hamda iqtisodiy yo‘nalishlarda izchil rivojlanib bormoqda.