Qozog‘istonning Jambil viloyatida yuz bergan yo‘l transport hodisasi yuzasidan
"G‘arbiy Yevropa- G‘arbiy Xitoy" respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘lining 544 kmda Qozog‘istonning Jambil viloyatida 15 iyun kuni taxminan soat 03:00da yuk avtomobilda yong‘in boshlanishi natijasida qatnov to‘xtagan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik haydovchi boshqaruvidagi boshqa yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan 4 ta avtomobilga urilishi natijasida ushbu avtomobillar yonib ketgan.
Ushbu hodisalar oqibatida 1 kishi vafot etgan, 10 kishi (shundan 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi) esa tan jarohati olgan.
Jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan. Vafot etganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.
Hozirgi vaqtda hodisa O‘zbekistonning Olma-otadagi Bosh konsulxonasi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashesi tomonidan nazoratga olingan.