O‘zbekiston Prezidenti QQS stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirish haqidagi qarorini imzoladi
O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi.
Kun.uz manbasi xabar qilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik sub'yektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida QQS stavkasini amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha tushirish to‘g‘risidagi qarorini imzolagan.
Yangi soliq stavkasi 1 oktabr kunidan amal qilishi kutilmoqda.
Hujjat matni yaqin vaqt ichida e'lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, prezident 11 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Moliya vazirligiga qo‘shilgan qiymat solig‘ini stavkasini pasaytirish bo‘yicha topshiriq bergandi.
Ma'lumot uchun, 20 foizlik soliq stavkasi 2000 yilda o‘rnatilgan va so‘nggi 19 yil ichida qayta ko‘rib chiqilmagandi.
Kun.uz