“Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori (878-son, 16.10.2019-y.) qabul qilindi
Qarorga muvofiq, “Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasi hududida DUK shaklida alohida Direksiya tashkil etish orqali boshqaruvning maxsus tartibi joriy qilindi.
Direksiyaga bir qator vazifalar yuklandi. Xususan, Direksiya buyurtmachi funksiyasini bajaradi, yetakchi mahalliy va xorijiy tashkilotlarni jalb qilgan holda kichik sanoat zonasining bosh rejasi ishlab chiqilishini tashkil etadi.
Direksiya investorlar tomonidan zimmasiga olingan majburiyatlarni zarur tarzda bajarilishini nazorat qilish huquqiga ega boʻladi.
Qarorga koʻra, kichik sanoat zonasi hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlash Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Qaror bilan Maʼmuriy kengashga kichik sanoat zonasi ishtirokchilariga doimiy foydalanish uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va ushbu yer uchastkasining har bir gektari uchun toʻlov miqdorini belgilash huquqi berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi telegram kanali