YXHT DIIHB Missiyasi rahbari bilan uchrashuv
2019-yilning 25-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YXHT DIIHR) Saylovni kuzatish missiyasi rahbari Kayetana de Zulueta Outram bilan uchrashdi.
Muzokaralar chog‘ida 22-dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga va mahalliy kengashlarga saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davomida O‘zbekiston tomonining YXHT DIIHB to‘laqonli missiyasi bilan o‘zaro munosabatlarining amaliy masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, 5 ta partiya ishtirok etayotgan hozirgi saylov jarayoni “Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar” shiori ostida o‘tmoqda. Shu munosabat bilan xalqaro ekspertizadan o‘tgan va YXHT DIIHB, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorlik tashkiloti tavsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan O‘zbekistonning yangi saylov kodeksi ahamiyati qayd etildi. Ushbu kontseptual hujjat siyosiy partiyalarning mavqei va rolini mustahkamlash, kvotalashni bekor qilishni nazarda tutadi, fuqarolarning saylov huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashdi, Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini tuzishni nazarda tutadi.
Umuman olganda, O‘zbekiston fuqarolarining saylovda qatnashish huquqlarini ta’minlash bo‘yicha katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Buning uchun mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida 38 mamlakatda 55 ta saylov uchastkasi tashkil etildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jahonning 50 ta mamlakati va xalqaro tashkilotlardan 700 dan ortiq xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
Kayetana de Zulueta Outram ma’lum qilishicha, saylovni kuzatish uchun YXHT DIIHB 300 ga yaqin kishini ko‘natishni rejalashtirmoqda, ushbu kuzatuvchilar mamlakatning barcha mintaqalariga tashrif buyurish, aksar saylov uchastkalarini qamrab olish va saylovda qatnashayotgan beshta siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashishni mo‘ljallamoqda.
Uchrashuvda saylov jarayoni davomida hamkorlik mexanizmlari va shakllari to‘g‘risida kelishib olindi.